“Yandeks” optimizatsiya o‘tkazmoqda, buning natijasida esa xodimlar shtati 3 foizga qisqaradi, deya xabar bermoqda Meduza kompaniya matbuot xizmatiga tayanib.
Qisqarish qachon bo‘lishi noma’lum, biroq kompaniyani taxminan 170 kishi tark etishi aytilmoqda. Shu bilan birga, yangi xodimlarni ishga olish davom etadi.
Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, ular mobil qurilmalardagi qidiruvni o‘stirish, o‘z mobil dasturlari auditoriyasini kengaytirish, yangi reklama mahsulotlari va texnologiyalarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqchi.
Nashrning eslatishicha, 2014-yil 31-dekabr holatiga “Yandeks”da 5 616 kishi ishlagan.