AQSh prezidenti Barak Obama millatga murojaatida Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida sodir etilgan qotilliklarni terakt deb atab, Kongressni IShIDga qarshi harbiy kuch qo‘llashga ruxsat berishga chorladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
“Bu begunoh insonlarni o‘ldirishga qaratilgan terrorchilik akti bo‘ldi”, - ta’kidladi AQSh rahbari.
“Terrorchilik xavfi real tus olmoqda, AQSh uni yengib o‘tishi lozim”, - qo‘shimcha qildi u.
Obama AQSh harbiylari butun dunyo bo‘ylab terrorchilarni ovlashda davom etishini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz IShIDni va bizga ziyon keltirmoqchi bo‘lgan har qanday tashkilotni yo‘q qilamiz”, - xulosa qildi prezident.