O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,33 so‘mga ko‘tarilib, 11 320,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro 46,71 so‘mga oshib, 12 334,29 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,16 so‘mga ko‘tarilib, 164,02 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar va yevro kursi oshib, rubl pastlagandi.