O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi
Markaziy bank 6-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,07 so‘mga ko‘tarilib, 10 775,34 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,03 so‘mga pastlab, 12 173,98 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 6,22 so‘mga pastlab, 10 760,27 so‘mni tashkil qilgandi. Ushbu valyutaning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi. O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.