O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 2 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,95 so‘mga oshdi va 11 228,08 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 119,04 so‘mga ko‘tarildi, 11 723,24 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 0,25 so‘mga tushdi va 183,66 so‘mni tashkil etdi.