O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,30 so‘mga ko‘tarilib, 11 117,33 so‘mni tashkil qildi. Yevro 158,66 so‘mga tushib, 10 843,84 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,16 so‘mga pastlab, 178,95 so‘m bo‘ldi.Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun pastlab, 11 108,03 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.