O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 6 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,03 so‘mga oshdi va 11 288,44 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 40,11 so‘mga ko‘tarildi, 11 992, 84 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 0,13 so‘mga balandladi va 158,18 so‘mni tashkil etdi.