O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 25 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,78 so‘mga oshdi va 11 230,39 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 113,60 so‘mga ko‘tarilib, 11 700,94 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi ham 0,65 so‘mga balandladi va 186,04 so‘mni tashkil etdi.