O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 6 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,13 so‘mga oshdi va 11 449,14 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 62,04 so‘mga pasaydi, 12 241,42 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,54 so‘mga kamaydi, 140,80 so‘mni tashkil etdi.