Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-fevraldan amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,25 so‘mga ko‘tarilib, 11 295,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro 144,35 so‘mga oshib, 12 423,62 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,41 so‘mga ko‘tarilib, 161,33 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ham uchala valyuta kursi ko‘tarilgandi.