Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2750 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2015-yil 1-dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2750 so‘m 43 tiyin etib belgilandi. Bu 24-noyabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 69 tiyinga ko‘p. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘qqiz haftadan beri kamida 14 so‘mga qimmatlamoqda. Bungacha kurs 4—6 so‘m atrofida yuqorilab borayotgan edi.
1-dekabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 2927 so‘m 88 tiyin (24-noyabrdagi kursga nisbatan 3 so‘m 79 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 41 so‘m 52 tiyin (24-noyabrdagi kursga nisbatan 65 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2727 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 2750 so‘m, oshdi, rasmiy kurs, dollar, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное