O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2700 so‘mdan oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 10 noyabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 46 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 706 so‘m 59 tiyinni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 7 so‘m 54 tiyinga arzonlashib 2 965 so‘m 59 tiyinni tashkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda o‘sdi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 68 tiyinga qimmatlashib, 42 so‘m 50 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.