O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2,6 ming so‘mdan oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 3-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
AQSh dollari kursi 2,6 ming so‘mdan oshdi, u o‘tgan haftadagidan 5,51 so‘mga qimmatlashib, 2601,06 so‘mga yetdi.
Joriy yilning boshidan (2422,4 so‘m) buyon AQSh dollari milliy valyutaga nisbatan qariyb 179 so‘mga yoki 7,37 foizga qimmatlashdi. 2014-yil davomida esa dollarning so‘mga nisbatan rasmiy qiymati 9,9 foizga o‘sgan edi.
AQSh dollari kursi 2015-yil aprel oyi o‘rtasida 2,5 ming so‘mdan oshgan edi.