O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 3 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,01 so‘mga oshdi va 11 364,00 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 6,68 so‘mga tushdi, 12 071,98 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,25 so‘mga pasaydi, 150,65 so‘mni tashkil etdi.