O‘zbekistonda yana dollar almashtirish cheklanadimi?
So‘nggi kunlarda tadbirkorlar orasida “konvertatsiya yana cheklanadi”, degan gap-so‘zlar tarqaldi. Import bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar konvertatsiya cheklanishidan xavotirda ekanliklarini aytishmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki konvertatsiyaga cheklovlar bo‘lishi mumkinligi borasidagi shov-shuvlar asossizligini bildirdi. O‘zbekistonda konvertatsiyaga cheklovlar qo‘yilmaydi.
Markaziy bank rahbariyati vakili O‘zbekiston 2017 yilda imzolangan farmondan hech qachon chekinmasligini ma’lum qildi.
Eslatma: Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 5 sentyabrda “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan.