O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 29 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga oshdi va 11 195, 57 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 0,38 so‘mga ko‘tarildi, 11 908, 73 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 2,11 so‘mga kamaydi va 157,43 so‘mni tashkil etdi.