Namangan shahri hududida joylashgan sexga o‘t ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, sex egasi, 1982 yili tug‘ilgan Sherzod ismli shaxs bu borada o‘t o‘chirish xizmatiga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tezkor guruh o‘tni o‘chirishga erishdi.
Keyinchalik olib borilgan surishtiruvda aniqlanishicha, yong‘in elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga kelgan.