Sardor Rahimxonning Namangan bo‘ylab gastrol safarining so'ngi kuni
Bugungi kunga kelib barcha yoshu-keksaning sevimli xonandasi bo'lib ulgurgan Sardor Rahimxon Respublikamizning Namangan shaxriga gastrol savariga ketganligi haqida avval habar berib o'tgan edik. Bugun esa ayrim manbalar habariga tayangan holda shuni aytishimiz mumkinki Xonandaning o‘zi bilan bog‘lanib safarning yakuniy hisobotini so‘raganimizda, quvonch, his xayajon bilan : “Bugun Namangan shahri bo‘ylab gastrol safarimning oxirgi kuni Uychi tumani markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi. Oxirgi konsert eng fayzli, eng daxshati bo‘ldi. Liq to‘la stadion, odamlar tinmay qarsak, raqs, yaxshi tilaklar bilan kayfiyatimni ko‘tarib turishdi.
Konsert davomida 110 yoshga to‘lgan buvijonning odamlar ichidan asta chikib, pastga tushib qo‘llaridagi dastro‘mol bilan peshonamni artib quyib, uzoq duo qilganlari va oxirida raqsga tushib berganlari stadionni hayqiriqlariga sabab bo‘ldi, ko‘zimdan yosh chiqib ketti. Hatto qaysidir muddatga chiroq o‘chib qolganida xam konsert samimiy suxbatlar bilan davom etaverdi. Judayam hursandman. Imkoniyatdan foydalanib mana shu konsertga kelib meni qo‘llab quvvatlagan xamma Namanganlik muhlislarimga tashakkur aytaman” deydi quvonchini yashira olmay.