Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namanganda ikki oylik chaqaloq koronavirusga chalindi

Kecha, 12 aprel kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Namangan viloyati aholisiga murojaat qildi.

Bozorovning ma’lum qilishicha, viloyatda bugungi kunda koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 taga yetib, koronavirus Namanganda ilk aniqlangan sana – 25 martdan buyon bu raqam 32 barobarga oshgan.
Koronavirus infeksiyasi yuqtirib olganlarning 22 nafari erkaklar, 43 nafari ayollarni tashkil etsa, 11 nafari yoshlar (18 yoshgacha), 7 nafari 60 yoshdan o‘tganlarni tashkil etadi.
“Virus yoshu-qarini tanlamayapti, afsuski ikki oylik chaqaloqni ham ayab o‘tmadi. 2020 yil 9 yanvarda tug‘ilgan S.M. ham ushbu kasallikni buvisidan yuqtirib olgan. Bu chaqaloqni davolash bo‘yicha shifokorlarimiz barcha choralarni ko‘rmoqdalar”, - dedi viloyat hokimi.
Eslatib o‘tamiz, Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida 13 aprel soat 06:00dan boshlab, fuqarolarning ko‘chaga chiqishi deyarli butunlay taqiqlanadi. Faqat yuz metr masofadagi savdo nuqtalariga kuniga bir marta chiqishga ruxsat berilgan.
2020 yil 13 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 896 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 66 kishiga yetdi. To‘rt kishi vafot etdi.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3755 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chaqaloq, Namangan, ikki oylik, Koronavirus, chalindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное