Italiyada baravariga o‘n nafar chaqaloq koronavirus yuqtirdi
Italiyaning Lombardiya viloyatiga qarashli «San-Matteo» shifoxonasi bolalar bo‘limida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘n nafari baravar koronavirus yuqtirgani aniqlandi. Vrachlarning aytishicha, chaqaloqlar onasini emish orqali virus yuqtirgan. Demak, ularning onasi bunga qadar koronavirus yuqtirib ulgurgan. Paviya shahrida dunyoga kelgan yana bir chaqaloq ham koronavirusga chalinishi oqibatida intensiv terapiyaga yotqizilgan. Hozir barcha chaqaloqlarning ahvoli qoniqarli deya baholanmoqda.