Ana xolos! Fransiyada chaqaloq koronavirusga chalingan holda tug‘ildi
Fransiyada shifokorlar hali tug‘ilmagan chaqaloqning koronavirus yuqtirganini aniqlashdi. Bu haqda Nature Communications tibbiy jurnalining veb-saytida xabar berildi. Ismi oshkor qilinmagan 23 yoshli homilador ayol 24 mart kuni kasalxonaga yotqizilgan. U qattiq yo‘talib, 38,6 daraja haroratdan shikoyat qildi. Covid-19 sinovi ijobiy bo‘ldi. 27 mart kuni 2,5 kilogramm og‘irlikdagi bola tug‘ildi. Tug‘ilgandan so‘ng darhol unga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yildi. Bola o‘z vaqtida davolandi va beshinchi kuni sog‘lig‘i normal holatga qaytdi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq 18-kuni kasalxonadan chiqarildi. Shifokorlar bola onaning qornida Covid-19 ga chalinganligiga amin bo‘lishadi. Hozirgi vaqtda infeksiyani tug‘ish paytida yoki undan keyin yuqishi mumkinligi istisno qilinadi. Sinovlarga ko‘ra, virus homilaga onaning qoni orqali kirgan. "Afsuski, bu holatda bizda infeksiya qanday sodir bo‘lganiga shubha yo‘q, — dedi bosh shifokor Daniele De Luka. – Shifokorlar buning mumkin ekanligini tushunishlari kerak. Albatta, bu kamdan-kam uchraydigan holat, ammo bunday bo‘lishi mumkin va kasalxona bunga tayyor bo‘lishi kerak".