Ana xolos! Bloger unitazni yalab, koronavirusni yuqtirib oldi
Larz nikli amerikalik mashhur TikTok-bloger Coronavirus Shallengeda ishtirokidan so‘ng koronavirusni yuqtirib oldi, deb xabar qilmoqda The Daily Mail. Coronavirus Shallenge ("Koronavirus bilan sinov") 14 mart kuni mashhur TikTok-blogerlar - Kemeron Xong va Ava Luizalar tomonidan boshlab yuborilgan. Chellenj ishtirokchilari jamoat joylarida unitazlarni yalab, bu bilan pandemiyani inkor etadilar. Juda ko‘pchilik ushbu aksiyani ahmoqona, deb topgan bo‘lsa-da, ammo u tobora ommalashmoqda. Larz nikli bloger jamoat joyida hojatxona unitazi o‘tirg‘ichini yalayotgani haqida video suratga oladi. U rolikni 20 mart kuni ommaga e’lon qilgan. Oradan ikki kun o‘tib, Twitterga kasalxonada osma ukol ostida yotib, COVID-19ga topshirgan testi tasdiqlangani haqidagi yangi kadrlarni joylashtirgan. Tez orada bloger "hojatxona" videosini o‘zining TikTokdagi sahifasidan o‘chirib tashlagan.