Rossiyalik virusologlar yangi turdagi koronavirus ayollarga nisbatan erkaklar uchun xavfliroqdir degan fikrga keldilar.
Mutaxassislar fikricha, infeksiya qurbonlari orasida kuchli jins vakillarini ko‘pligi ikkita sabab bilan izohlanadi: erkaklar orasida chekishga ruju qo‘yish holati ko‘p uchraydi, shu bois, virus ularning o‘pkasida jadallik bilan pnevmoniyaga aylanadi. Kasallikning og‘ir kechishiga ularda shunga genetik moyillik mavjudligi bilan ham izohlanishi mumkin.
Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi fevral oyi boshida mamlakat kasalxonalarida birinchi vafot etgan 425 bemorning jinsi va yoshini tahlil qilib chiqqan edi.
Koronavirus haqida so‘nggi statistika
RUDN Tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri Galina Kojevnikovaning ta’kidlashicha, virusli infeksiyalar qurbonlari orasida erkaklar soni ko‘p bo‘lgan holatlar fanga ma’lum. Shunday kasalliklardan biri — Kaposha sarkomasi - VIII turdagi virus tufayli yumshoq to‘qimalarning shikastlanishidir. Ammo koronavirus bilan bog‘liq holatda bu xulosa jiddiy ilmiy asosni talab etadi va aytilayotganlarning barchasi gipoteza, xolos.
Rossiyaning yetakchi virusologlari Uxanda tahlil qilingan o‘limlarning aksariyati erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelishiga boshqa bir izoh keltirmoqda. Avvalo, buni Xitoyda erkaklarning ayollarga nisbatan ijtimoiy faol ekanliklari bilan bog‘lash mumkin. Misol uchun, ular bir-biri bilan ko‘proq muloqot qiladi, ko‘proq qo‘l siqib ko‘rishadi.
Ammo patogenning jins tanlashini ijtimoiy aloqalarga bog‘lab bo‘lmaydi, deb yozadi nashr. Yana bu yerda qator sabablar tufayli erkaklarning umr davomiyligi ayollarnikidan ancha past singari faktni ham e’tibordan qochirmaslik lozim.