Feruza Sobitova: Erkaklarga “sterva” ayollar yoqadi
Aktrisa Feruza Sobitovaning ijodiga nazar solsak, uning salbiy obrazlari ijobiy obrazlariga nisbatan ancha ko‘pligiga amin bo‘lamiz.
Bugungi o‘zbek kino olamining salbiy rollar qahramoniga aylangan Feruza Sobitova “Sabo” gazetasiga bergan intevyusida o‘z obrazlari haqida shunday dedi:
“Negadir erkaklarimiz meni o‘sha ‘sterva’ obrazlarimni xotiralarida saqlab qolishadi. Menimcha erkaklarga shunday ayollar yoqadi. Yoqimtoy, jon kuydiruvchi, bechora ayollar erkaklarga yoqmasa kerak. Ularni o‘sha ‘oborib olib keluvchi’ ayollar rom etar ekan… ‘Tipajim’ shunaqa bo‘lgani uchun Hilol aka Nasimov ham salbiy obrazlarga ko‘p chaqiradilar. ‘Aka, ijobiy obraz yo‘qmi?”, desam “Keling, shuni siz o‘ynang, sizdan boshqasiga ishonmayman!’ deydilar. Keyin rozi bo‘lganimni o‘zim ham bilmay qolaman”.
Shuningdek, aktrisa o‘zini salbiy obrazga osonroq kirishini ham tan oldi:
“Ishoning, tabiatan quvnoq yoki hazilkash bo‘lganim bilan salbiy rolga kirishishim oson ekan. Menimcha tashqi ko‘rinishimning o‘zi kameraga bitta qaraganimni o‘zidayoq ‘gapirib qo‘yadi’. Tan olaman, asosan muxlislarim ham salbiy rollarim o‘zimga yarashganini aytishadi. Hatto Javohir Zokirov menga ‘U neyo otrisatelnaya obayaniya’, ya’ni ‘Uning sovuq jozibasi bor!’ deb ta’rif bergan”.