O‘zining hiyonatkor erkaklarning ma’shuqalari obrazlari bilan mashhur bo‘lgan aktrisa Feruza Sobitovaning aynan mana shu mavzu yuzasidan fikrlari bilan qiziqdik. Ajablanarlisi, ana shunday rollari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan aktrisa erkaklarning begona ayollar bilan “yurishini” oqlara ekan. Avvaliga tushunmadik, uning fikrlarini tinglagach esa... Xullas suxbatni o‘zingiz o‘qib ko‘ring.
- Feruza, sizningcha qanday erkaklar xiyonatga qodir?
- Bilasizmi, qalban boy odam xiyonat qilmaydi. Razil odamgina xiyonatga qodir. Men esa uchun erkaklarning “chapga yurishi” xiyonat sanalmaydi!
- Nahotki?!
- Ha. To‘g‘ri eshitdingiz. Ajablanmang, negaki u erkaklarning tabiatiga xos oddiy narsa sanaladi. “Yurmaydigan” erkakning o‘zi yo‘q. Bu qachon xiyonatga kiradi, qachonki u erkak oilasidagi ayolini tashlab qo‘ysa, u bilan yangi topgan ayolini deb ajrashishgacha borsa, mana bu xiyonat! Bu mavzuda atrofidagi erkaklarni fikrlarini eshitganman, ularning aksariyati uyidagi ayolini asraydi, ammo “yuradi”. Ba’zi erkaklar ana shunday ishga qo‘l urgach, uyidagi ayolini oldida vijdoni qiynalar, qilgan ishidan afsuslanib, turmush o‘rtog‘iga sevgisi yanada ortar ekan. Unga sovg‘a-salomlar olib berib, ko‘nglini olishga urinar ekan. “Yurmagan” erkak, erkak emas! (kuladi).
Er bermoq-jon bermoq diyishadi. o'zlari oilalimikanla yo' ajrashganmila? man kechirmasdim shunchaki yurgan bo'sayam. shunchaki yurisham hiyonatga kiradi
Bu bilan siz nimaga erishmoqchisiz san'tkorsizde aynan oddiy oilada nima buvotganini bilmisiz?xalqa interyu berakansiz oldinga orqaga yaqinlarizga muxlisizga qarab boho berin kamtalik nafaqat ayol kishiga sanatkorgayam xos narsa shaxsan manga bu gaplariz yoqmadi erkak kishi uylandimi buldi bu bilan faqat ayoligamas ota onasi farzandlariga oilasiga hiyonatga kiradi
Бу актрисамиз калта уйларкан. Юрмаган эркак,эркакмас эмиш. Бу гап билан дуч келган аел билан юриб кетавериш керак эканда. Юрадиган эркакларни куллаб-кувватлаши бу нотогри. Узини турмуш уртоги хам биров билан юриб курсин кейин бу актрисамизни ахволини курамиз. Халкимизда шундай гап бор ,,Эр бермок-жон бермок,, Кайси аел уз жуфтини куш-куллаб топширар экан...