Navoiy viloyatida 20 kunlik chaqaloqni sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
Navoiy viloyatida o‘z singlisining 20 kunlik chaqalog‘ini sotishga harakat qilgan xola sudga tortildi. Bu haqda Navoiy viloyati jinoiy ishlar sudi hakami Zafar Bobonovga asoslanib, 12news.uz xabar bermoqda.
Bobonovning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi sud jarayoni vaqtida singlisini eri tashlab ketgani va beva singlisi chaqaloqni sotishga qaror qilganini aytib bergan. U bu bo‘yicha barcha tafsilotlarni gapirib bergan va o‘z aybiga iqror bo‘lgan.