Namanganda ayol norasida go‘dakni hojatxonaga tashlab qochdi
Namangan viloyatining Norin tumanida kecha, 5 mart kuni soat 14:00 larda «Toshloq grand» fermer xo‘jaligi bog‘ida yollanib ishlayotgan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi B.X. to‘lg‘oq tutib qoladi.
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, B.X. bog‘dagi hojatxonada qiz bola chaqaloqni tuqqan va uni qasddan o‘ldirish maqsadida hojatxonaga tashlab yuborgan.
Chaqaloq yig‘isini eshitgan shu bog‘ ishchisi A.T. chaqaloqni qutqarib qolgan. Chaqaloq tuman markaziy tug‘ruqxonasiga yotqizilgan.