Namanganda elektrovelosiped ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Namangan viloyati Norin tumani yo‘llarida ixcham
elektrovelosipedlar paydo bo‘ldi. Ekologik jihatdan beziyon, boshqarishga qulay
mazkur ulov Haqqulobod shahridagi Norin mechanikal plant mas’uliyati cheklangan
jamiyatida ishlab chiqarilmoqda.
Bolalar va kattalar uchun velosipedlar hamda avtomobillar
butlovchi qismlaridan iborat 80 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanayotgan
korxonaning yangi turdagi vositalari akkumulyator yordamida harakatlanadi. Uni
bir marta quvvatlantirish orqali soatiga 30—40 kilometr tezlikda kamida 50
chaqirim yo‘l bosish mumkin. Hozirgacha ana shunday elektrovelosipedlardan 260
tasi sotuvga chiqarildi.
— Bundan avvalroq, to‘qqiz bosqichli tezlikda
harakatlanuvchi ikki turdagi sport velosipedlari ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘ygan edik, — deydi korxona bo‘lim boshlig‘i Ravshanbek Madxoliqov. — Old va
pedal qismiga amortizator o‘rnatilgan bu ulov velosport ishqibozlariga har
jihatdan ma’qul tushdi.