Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namanganda tikilayotgan kostyumlar xorij bozorini egallamoqchi

Avvallari biror libos sotib olishda birinchi navbatda uning qaysi mamlakatdan keltirilganini so‘rardik. O‘zimiznikiligini eshitgan zahot hafalasi pir bo‘ladiganlar ham talaygina edi. Biroq o‘tgan yillarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatliligi va hamyonbopligi bilan xaridorlar ishonchini oqladi. Buni birgina Namanganda ishlab chiqarilayotgan kostyum-shimlar misolida ko‘rish mumkin.

Bugungi kunga kelib Namanganda “Istiqlol”, “Iftixor kiyim sanoat”, “Zamin lyuks tekstil”, “Tekstil libos”, “Faxr tekstil savdo”, “Rauf Aziz”, “Mohinur liboslari”, “Namangan kiyim sanoati”, “So‘g‘diyona fayz tekstil” singari 40ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ularda import o‘rnini bosuvchi, eksportbop kostyumlar ishlab chiqarilyapti.
 
Birgina “Lyuks plyus servis”  korxonasida 2009 yilda 300 million so‘mlik mahsulot tayyorlanib, 42 ming dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich tegishli ravishda 5 milliard 200 million so‘m va 327 ming dollarga yetdi. Joriy yilning birinchi choragida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1 milliard 740 ming so‘m, eksport hajmi 80 ming dollarni tashkil etdi. Bunda korxonada bosqichma-bosqich amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari muhim omil bo‘lmoqda. 
 
Kun sayiin jahon bozorida ham o‘z o‘rnini topib kelayotgan korxona joriy yil yakuniga qadar eksport hajmini 200 ming dollarga yetkazishni rejalashtiryapti.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi “2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida korxona o‘z mablag‘i hisobidan qiymati 1 million 384 ming dollarga teng yangi loyihani amalga oshirish arafasida turibdi. Ayni paytda Yaponiya va Turkiyadan qariyb 90 ming dollarlik zamonaviy tikuv dastgohlari va texnologiyalarini keltirish ustida ish olib borilmoqda. Mustaqillikning 25 yilligi bayrami arafasida ishga tushirilishi mo‘ljallangan ushbu loyiha 150 ishchi mehnat qilayotgan korxonada qo‘shimcha 50 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5755 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kostyum, xorij bozorini egallamoqchi, tikilayotgan, Namangan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное