Joriy yilning 13-avgust kuni Namangan shahrida yashovchi Sh.V. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi qaynonasi M.Yu.ga pichoq bilan urishi natijasida M.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.V. ushlangan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.