Kelinlar va qaynonalarning o‘xshashligi tushuntirib berildi
AQSh, Yaponiya va Buyuk Britaniyada ishlab kelgan tibbiyot xodimlari kelinning hissiy holati uning onasidan o‘tishini ko‘rsatib berishdi. Tadqiqot natijalari Journal of Neuroscience jurnalida chop etildi.
Kaliforniya universiteti xodimlarining yozishicha, miyaning magnit-rezonans tomografiyasi yordamida onalar va qizlarning hissiy holati va kayfiyati bir xil bo‘lishi ko‘rsatib berildi.
Tadqiqotda Kaliforniyada istiqomat qiluvchi 35 oila a’zolari qatnashdi. Shu bois, ularning fikricha, erkaklar rafiqasining fe’li qaynonasining fe’li bilan bir xilligidan nolishadi.