Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qaynotasini shilqimlikda ayblagan kelinga qaynona, qaynota va qo‘shnilar javob qildi

Telejurnalistlar Nozima Vohidova hamda Nilufar Umrzoqova muallifligidagi “Uchburchak” tok-shousining 2017 yil 23 dekabr kuni efirga uzatilgan sonida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi kelinchak Muxlisa Rahmatova ishtirok etib, o‘zini oqlab berishlarini so‘ragan edi.

Kelinchakka ko‘ra, ayni damda uning oilasiga darz ketgan bo‘lib, u bu holatni qaynotasining shilqimligi bilan bog‘lagan edi. Ko‘rsatuvda ishtirok etgan Rahmatova “Qaynotam menga shilqimlik qildi, sevaman dedi, qorong‘ida xonamning oynasi tagida meni kuzatib turardi, qachonlardir meni kiyimsiz holatda ko‘rgan ekan”, degan da’volarni o‘rtaga tashlagan edi.

Albatta, ko‘rsatuv ijodkorlari o‘sha zahotiyoq qaynota va Muxlisa Rahmatovaning turmush o‘rtog‘i bilan bog‘lanib, ular bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatni ham efirga olib chiqishgan edi.

Ushbu ko‘rsatuvga efirga uzatilgach, ijtimoiy tarmoqlarda munozaralar tinmadi. Bunday holatlarni televideniega olib chiqqani uchun jurnalistlarni qoralaganlar ham bo‘ldi.

Ko‘rsatuvning kecha, 6 yanvar kuni efirga uzatilgan sonida ushbu mavzu davom ettirilib, ko‘rsatuvda Muxlisa Rahmatovaning qaynonasi va qaynotasi, ularning qo‘ni-qo‘shnilari ishtirok etdi.

Qaynota kameraga orqa qilib gapirar ekan, avvalo odamlarning vaqtini olayotgani uchun uzr so‘radi va bu sharmandali holatda yuzini butun respublikaga ko‘rsatish niyati yo‘qligini aytdi.

Qaynona esa kenja kelini Muxlisa ko‘nglidagidek chiqmaganini aytarkan, turmush o‘rtog‘i yoshlik davrida ham hech qachon oilasiga hiyonat qilmaganini gapiradi.

Mahalla vakillari esa bu oilaning namunali, jamiyatga foydasi tegadigan oila ekanini alohida e’tirof etib, kelin xasta qaynonasining xizmatini qilmaslik uchun bu gaplarni o‘zi o‘ylab topganini aytishadi.

Toshkent viloyatining Chinoz tumanidan bo‘lgan kelinchak Muxlisa Rahmatova “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Uchburchak” tok-shousida qaynotasi unga xushomad qilib, uning qo‘lidan o‘pmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


VIDEONI KO'RISH


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 10320 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kelin, Qaynona, qaynota
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Anvar Chataev пишет: | 09.01.2018 | 10:14 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Odamlarga nima bo'lyapti o'zi.
xudo hech kimni sharmanda qilmasin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное