2019 yil 2 iyun kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 27 yoshli Sh.I. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan qaynotasi 50 yoshli R.L.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Natijada R.L. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.I. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.