Milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi
O‘zbekiston futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov O‘zbekiston Milliy terma jamoasi amaldagi bosh murabiyi Mirjalol Qosimovning iste’fosini qabul qildi, bu haqda O‘FF rasmiy tvitteri sahifasida xabar berilgan. Milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy etib Samvel Babayan tayinlandi.
Jamoa sobiq bosh murabbiyi o‘z lavozimiga ikki marta qayta tayinlangan. Shu davr mobaynida u boshchilik qilayotgan jamoa jami 54ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 22tasida g‘alaba qozongan, 15tasida durang qayd etgan, 17ta uchrashuv mag‘lubiyatga uchragan.
Endilikda bosh murabbiy lavozimi Toshkentning «Paxtakor» FK murabbiyi Samvel Babayanga ishonib topshirildi.
Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham iste’foga chiqqan. Viktor Jalilov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi