Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Farzand tarbiyasida adashganim qimmatga tushdi!

Uyimizda Saidaga bir soqol qo‘ygan yoshgina yigit dars o‘tib o‘tiribdi
Samarqand viloyatining chekka bir qishloqlaridan birida yashaymiz. Turmush o‘rtog‘im qo‘li gul usta, o‘zim tumanimizdagi bozorchada kiyim-kechak sotish bilan shug‘ullanaman. Uch nafar farzandimiz bor. Kattamiz qiz, undan keyin ikki o‘g‘limiz dunyoga kelgan. To‘ng‘ichning qiz bo‘lishi yaxshi ekan-da. Onaga yordamchi, tayyor dastyor bo‘larkan. Qizim Saida ukalarini ko‘tarib katta qildi, ulg‘aygani sari menga ko‘maklashib, uy ishlarini qo‘limdan oldi.   Kun ketidan kun o‘tib, qizimning kamolidan xursandchiligim ichimga sig‘mas edi.
Pul topish ilinjida asosiy vaqtimni bozorda o‘tkazib, farzandlarim, ayniqsa, qizimga vaqt ajratish esimga ham kelmabdi. Undagi o‘zgarishlarni payqamabman. Qachonki hijobga kirmoqchiligini aytganda hayratdan og‘zim ochilib qoldi. To‘g‘risi, zamonaviy kiyim kiyishga anchagina o‘ch bo‘lgan qizim nega birdan o‘zgarib qolganiga aqlim yetmadi. Undan bu haqda so‘raganimda, shuncha payt gunohga botib zamonaviy kiyinib yurgani, endi esa o‘zini dinga bag‘ishlash niyati borligini aytdi. Saidaga yotig‘i bilan tushuntirishga harakat qildim, lekin u bilganidan qolmas edi. Turmush o‘rtog‘im menga ham qizimga ham tanbeh berdi.
Ikki-uch kun uzog‘i bilan bir hafta qizimizning harakatlari, o‘zini tutishidan xavotirlanib yurdik. Keyin esa men ham dadasi ham bu haqda to‘xtalmay qo‘ydik. Men bozorda, turmush o‘rtog‘im birovlarning uyida ustachilik qilib kun o‘tkazib, yana avvalgiday yashashda davom etdik. Saidaning hijobda yurishi, besh mahal namoz o‘qishiga ko‘nikib qoldik. Qaytaga bundan g‘ururlanish hissi uyg‘ona boshladi. “Biz qilmagan ishlarni qizimiz bajaryapdi”  deb boshqalarga maqtanib yurdim. Har kuni kechki payt Saida nimalarnidir daftariga yozar yoki bo‘lmasa yozilgan narsalarni o‘qirdi. Bir kuni undan daftardagi narsalarni kim o‘rgatayotgani haqida so‘raganimda, kitoblardan ko‘chirib yozayotganini aytdi. Daftarini ochib o‘qib ko‘rdim,  diniy duolar ekan, birontasiga ham tushunmadim.
Asta-sekin Saida bizga iymon-e’tiqod, din, ota-ona va farzandlarning burchlari haqida pand-nasihatlar bera boshladi. Bundan dadasining jahli chiqdi. Undan diniy amallarni ko‘r-ko‘rona bajarishni bas qilishni qat’iy talab qildi. Unga kim ta’sir o‘tkazayotgani haqida surishtira boshladi. Saidaning telefonini olib qo‘ydi. Shunda ham qizimiz uyga qamalib olib diniy kitoblar va daftariga yozilgan diniy ma’lumotlarni o‘qishni to‘xtatmadi. Unga kim qanday ta’sir o‘tkazayotgani haqida o‘ylardik. Men-ku bunga unchalik e’tibor bermay, bozordagi ishlarimni bitirib yuraverdim. Lekin turmush o‘rtog‘im qizimizning harakatlaridan  qattiq siqildi. Hatto aroq ichishni boshladi. Buni ko‘rgan Saida otasiga yanada ko‘proq nasihat qilar, ba’zida ikkalasi janjallashib ham qolardi. Shu-shu ota va qiz o‘rtasiga sovuqchilik tushdi. Turmush o‘rtog‘im qizimiz nasihat qilgan kuni ataylab ko‘proq ichib keladigan odat chiqardi.
      Bir kuni bozordan ertaroq uyga kelsam, ne ko‘z bilan ko‘rayki, uyimizdan begona erkakning ovozi eshitildi. Sumkamdan kalitimni oldimda darvozani asta-sekin ochdim va yana qulflab qo‘ydim. Ovoz chiqayotgan tomonga yurdim. Derazadan quloq solsam, kimdir arab tilida duo o‘qiyapdi. Uning kimligini bilish uchun eshikni borib ochishga sabrim yetmadi. Shartta derazani ochib ichkariga qarasam Saidaga bir soqol qo‘ygan yoshgina yigit dars o‘tib o‘tiribdi. Ular meni ko‘rishi bilan bir qo‘rqib tushdi va o‘rinlaridan turib oldi. “Mana endi bildim qizimizga kim ta’sir qilayotganini, miyasini zaharlayotganini” desam “unday demang opa biz olloh yo‘lida bilim o‘rganyapmiz” deydi yigit.
Ovozim boricha baqirib urishay desam, qo‘shnilar bor, sharmanda bo‘laman. Qizimning nomi qora bo‘ladi. Sassiz yig‘lardim. Yigitning kimligini so‘radim, qo‘shni qishloqdan ekan. Qariyb bir oydan buyon uyga  kelib qizimga dindan dars berib yurgan ekan. Na men na turmush o‘rtog‘im bu haqda bexabarmiz. E’tiborsizligimiz shu yerda bilindi. Saida va qo‘shni qishloqda yashovchi bu yigit telefon orqali tanishgani, ular bir-birlari bilan  din borasida suhbat qurishi haqida menga ma’lum qilishdi. Qizimga boshqa telefon qilmasligi va bu yerga qadam bosmasligini, aks holda milisiyaga arz qilishimni  aytib, yigitni uydan haydab soldim. Bo‘lib o‘tgan voqealar haqida turmush o‘rtog‘imga bildirmadim.
Oradan uch kun o‘tib uyimizga uchastka noziri va yana uch nafar kishi  keldi. Ular Saidani tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketayotganini ma’lum qildi. Nima uchun olib ketayotgani haqida o‘sha joyda tushuntirishini bildirdi. Dadasi va men shosha-pisha tuman ichki ishlar bo‘limi idorasiga bordik. Yo‘lda ketguncha, turmush o‘rtog‘imga ikki-uch kun oldingi voqeani chala-chulpa gapirib bordim. U yerga borganimizda ma’lum bo‘ldiki, uyimizga kelib Saidaga dindan dars berib yurgan yigit va uning boshqa sheriklari dinni niqob qilib, davlatga qarshi noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanib yurgan nopok kishilar ekan. Qizimiz ham ularga aralashib qolibdi. Bu gaplarni eshitdim-u, ko‘z oldim qorong‘ilashib, muzlab ketdim. “Qizimda ayb yo‘q uning o‘rniga meni jazolanglar, hamma ayb menda unga vaqt ajratolmadim” pichirlayman. 
Bozorga chiqib, ozgina pul topganimga hursand bo‘lib, farzandlarimga vaqt ajratishni o‘ylab ham ko‘rmabman men ahmoq! Bu dunyoda hech  bir narsa bilan  o‘lchanmaydigan, pulga sotib olib bo‘lmaydigan narsalar borligini anglab yetdim! Faqat endi juda kech! Boshim devorga tegdi-yu, ko‘zim ochildi.  Farzand tarbiyasida adashganim qimmatga tushdi.
“Vaqting ketdi — baxting ketdi” deb bejiz aytishmas ekan. Bozorga chiqib pul topaman deb farzand tarbiyasiga vaqt ajratolmaganim uchun baxtimdan ayrildim. Farzandni dunyoga keltirish bilan ish bitmasligi, uning tarbiyasi bilan o‘z vaqtida shug‘ullanish naqadar muhim ekanligi mening hayot yo‘limda yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Feruza Ochilova,  Samarqand viloyati


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5414 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Shox-17591 Diniy bilimni uziz berganizda shunaqa bumasdi uzizam bilmaganizdan keyin...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное