Amerika universitetining Xalqaro xizmat maktabi ekspertlari Nora Bensaxel va iste’fodagi general-leytenant Devid Barno AQSHning katta ko‘lamli urushga tayyorligini bilish uchun tahliliy tadqiqot o‘tkazishdi. Ular chiqargan xulosalarni AQSH uchun quvonarli deb bo‘lmadi. Ularning fikricha, AQSH armiyasining na ko‘lami, na tashkiliy jihati jiddiy raqib bilan urush olib borishning zamonaviy talablariga javob bermaydi.
"Bugun deyarli polkovnik unvonidan past unvonga ega harbiylar o‘z oldida qudrati bo‘yicha tengkuchli raqibga ega bo‘lgan armiyada xizmat qilmagan va hech qachon davlatning hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish yoki hattoki jon saqlash maqsadida real global urush olib borishga duch kelmagan", deb aytmoqdalar ekspertlar War on the Rocks portaliga.
Barno va Bensaxelning fikricha, mamlakatning harbiy rahbariyati AQSHning harbiy mashinasini tashkillashtirishda bir qator ulkan bo‘shliqlarni bartaraf etishi kerak. Xususan, gap yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar va zamonaviy qurollarga katta ishonch bildirish haqida ketmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu qurollar kamligi sabab yirik urushda befoyda bo‘ladi.
Ekspertlarning fikricha, AQSH kiberhujumlar oldida ojizlik qilishi mumkin, chunki harbiylar va armiya elektronikaga katta jihatdan bog‘langan. Ularning fikricha, amerikaliklar bunday urushlarga ruhiy jihatdan ham tayyor emaslar, mamlakat aholisi jiddiy talofatlar va katta qurbonlarga dosh berolmaydi.