Daizi Zheng Nokia uchun koka-kolada ishlovchi qo‘l telefonini ishlab chiqdi. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, biroq telefon koka-kola tarkibidagi uglevodlardan (shakar tarkibidagi) ajralib chiqayotgan elektr kuchi yordamida quvvatlanib ishlab turibdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu g‘aroyib telefon tarkibida shakari mavjud bo‘lgan istalgan suyuqlik yordamida ishlaydi.
Kashfiyotchining so‘zlariga ko‘ra, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish maqsadida qurilmada standart batareyadan emas, aksincha biologik jihatdan toza batareyadan foydalanildi. Mazkur biobatareya elektr kuchini uglevodlardan, fermentlarni katalizator vazifasida qo‘llab ishlab chiqaruvchi energiyaning ekologik toza manbai hisoblanadi.
Telefonni quvvatlantirish uchun bizga bor-yo‘g‘i shirin suv kerak bo‘ladi. Qurilma quvvat olayotgan paytda u suv hamda kislorod ham ishlab chiqaradi. Bio batareya an’anaviy litiyli batareyalarga qaraganda uch-to‘rt baravar uzoqroq ishlash salohiyatiga ega. U shuningdek, ekologik toza.