O‘zbek ismlari tushirilgan Coca-Cola bankalari taqdim etildi
Coca-Cola kompaniyasi o‘z ichimligini ismlar yozilgan idishlarda chiqarishda davom etishga qaror qildi. Bu safar futbol bo‘yicha 2014-yilgi Jahon chempionati paytidagi o‘g‘il bolalar ismlaridan tashqari, qizlar ismlari, statuslar hamda “yoqimtoyim” (“pupsik”), “mushukcham” (“kotik”) kabi laqablar ham Coca-Cola idishlariga qayd etilmoqda. O‘zbekistonda Coca-Cola zavodi vaqtinchalik faoliyat yuritmayotgani sababli bugungi kungacha ismli ichimliklar bizning bozorda deyarli yo‘q edi.
Kuni kecha Toshkentdagi Dekos kompaniyasi Coca-Cola idishlariga o‘zbek ismlarini tushirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Kompaniya tarqatgan xabarga ilova qilingan rasmda ichimlik idishiga Kamola ismi yozilganini ko‘rish mumkin.
O‘z do‘st va yaqinlaringiz, hamkasblaringizni original sovg‘alar bilan siylamoqchimisiz? U holda Dekos kompaniyasi xizmatlaridan foydalaning.
Coca-Cola idishiga sevgan kishingiz ismini tushirish uchun bor-yo‘g‘i 6 ming so‘m to‘lash kifoya.
Bundan tashqari, kompaniya biznes-sovg‘alarga ixtisoslashgan bo‘lib, dekos.uz saytida yuzlab xil sovg‘a g‘oyalari bilan tanishishingiz mumkin.
xaxaxa zo'r yengilikku bu ana bomasam coca cola ma'nosini kimlardur yomon dib aytishardi ana endi ozini oti yozilgan cola ochib Bismilloxir raxmonir raxim deb ichvuramiz endi