AQShning shimoliy-sharqiy hududlari butunlay qor ostida qoldi
AQShning shimoli sharqiy xududlari butunlay qor ostida qolmoqda, deb xabar berdi Reyter agentligi.
Ushbu holat Nyu-York, Vermont, Nyu- Xempshir va Massachustes kabi shtatlarda kuzatilmoqda.
13 martdan boshlab bir qator maktablar qor bo‘roni tufayli vaqtinchalik yopilgan. Mahalliy va xalqaro aeroportlarda reyslar bekor qilingan. Shaharlararo qatnovchi avtobuslar ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Hozirga qadar umumiy hisobda 175 mingdan ortiq elektr uzilishlari qayd etilgan.