Federal qidiruv byurosi (FQB) Yangi yil arafasida Nyu-Yorkda teraktning oldi olingani to‘g‘risida ma’lum qildi: byuro xodimlari terakt uyushtirishni rejalashtirgan 25 yoshli Emanuel Lutchmanni qo‘lga olgan. Bu haqda AQSh adliya vazirligi press-reliziga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
AQSh sudi Emanuel Lutchmanga nisbatan ayblov e’lon qildi. Sud bayonnomalariga ko‘ra, Lutchman xorijdan, IShID a’zosidan ko‘rsatmalar olgani va Rochester shahridagi bar yoki restoranda tinch aholiga qurolli hujum uyushtirmoqchi bo‘lganini tan olgan. U kelgusida mamlakatdan chiqib ketib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.
Agar Lutchman aybdor deb topilsa, 20 yillik qamoq jazosi va 250 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.