AQSHda “maxfiy santa” odamlarga 100 dollardan bayram sovg‘asi ulashdi
Amerikaning Topik (Kanzas shtati) shahri fuqarolari Yangi yil bayramiga kutilmagan sovg‘a olishdi.
Gap shundaki, o‘zini “maxfiy Santa” deb tanishtirgan noma’lum erkak shaharliklarga Rojdestvo bayramiga sovg‘a sifatida 100 dollarlik banknotalar ulashgan. Bu haqda mahalliy "Kenzas siti star" nashri xabar tarqatgan.
Gazeta jurnalisti shahar bo‘ylab safar qilgan noma’lum himmattalabga hamrohlik qilgan. Xabarda aytilishicha, ertakdagi elflar libosini kiygan huquq-tartibot organlari xodimlari “maxfiy Santa”ga pullarni tarqatishda yordam bergan.