AQShda polisiya va FQB ikki ayol kishi rohibalar kiyimida bankni o‘marishga uringani tufayli surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Bu haqda Fox News xabar tarqatgan.
Ta’kidlanishicha, hodisa Pensilvaniya shtatidagi Tannersvil aholi punktida dushanba, 28 avgust kuni yuz bergan.
Shu bilan birga, aniqlik kiritilishicha, qurollangan ayollar pullarni o‘g‘irlashning uddasidan chiqmagan.
Ayni damda ular polisiya tomonidan qidirilmoqda.