AQShda 17 kishi yomon ob-havo sharoiti qurboniga aylandi
AQShning sharqida kuzatilayotgan qor bo‘roni tufayli 17 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
O‘limga olib kelgan holatlarning ko‘pchiligi yo‘llar muzlagani va ko‘rish darajasi past bo‘lgani sababli yuz bergan avtofalokatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yana bir necha kishi qorni tozalayotganda halok bo‘lgan.
Nyu-Yorkda bo‘ron tufayli avtomobil harakati taqiqlab qo‘yildi, yo‘llarda faqatgina shoshilinch xizmatlar avtomobillarigagina harakatlanishga ruxsat berilgan.