Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Ahmadboy (Ahmad Tursunboyev) va uning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi.
Ahmadboy Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi va umumiy hisobda 13 yilga ozodlikdan mahrum etish, 1 yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish jazosi bilan jazolandi, shuningdek, unga 52 million so‘m jarima solindi.
Ayni vaqtda, Ahmadboyga nisbatan amnistiya to‘g‘risidagi qaror qo‘llanilib, ozodlikdan mahrum etish jazosi o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘taladi. Jazoni o‘tash muddati 2016-yil 16-iyundan boshlangan, deb e’lon qilindi.