Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangiyo‘lda yangi “Ahmadboy” qo‘lga olindi


Toshkent viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari va Viloyat ichki ishlar boshqarmasi vakillari hamkorligida firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etilgani ma’lum qilindi.

Ushbu guruh asoschisi Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Nuriddin Abulg‘oziev ekanligi aytildi. U uch nafar sheriklari bilan “Dilshod Avto Savdo” MChJni tashkil etgan. Ushbu korxona avtomobil oldi-sottisi bilan shug‘ullangan va bu korxonaning noqonuniy faoliyati uchun niqob bo‘lgani xabar qilingan.

Rahbar sifatida boshqa shaxslarni tayinlagan Abulg‘oziev moliyaviy piramidaga asos solgan. Odamlarga katta miqdordagi foizlar evaziga pul, qimmatbaho boyliklar, mulk, chorva mollari va avtomobillarni qabul qilgan. Buning evaziga ulkan ulush va’da qilingani “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Abulg‘oziev o‘zining tanishlari orqali muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilgan foiz to‘lovlari haqida ma’lumotni tarqatgan. Avvalgi omonatchilarning qarzlarini, keyingi omonatchilarning boyliklari bilan to‘lagan. Shuningdek, orttirilgan moddiy boyliklarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Aldangan omonatchilarning soni esa yuzdan ortiq ekani aytilmoqda.

Yangiyo‘l tuman sudi ishni ko‘rib chiqayotgani va 700 million so‘m miqdoridagi zararni jabrlanganlarga to‘lab berish to‘g‘risida qaror qilgan.

125dan ortiq yengil va yuk avtomobillari o‘z egalariga qaytirilgan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8954 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘lga olindi, Ahmadboy, Yangiyo‘l
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное