Xonanda Dilfuza Ismoilova jurnalist Jasur Hamroevga bergan intervyusida muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Xususan, muxlislardan biri Dilfuza Ismoilovaga savol bilan murojaat qilib, Ahmadboy haqidagi videorolikda u Ahmadboyni maqtagani haqida gapirar ekan, xonandadan “Ahmadboyga pul berganmisiz?” deb so`radi.
“Ahmadboy bizni har doim to`yga aytardi. Hech yomonligi tegmagan. Bizni har doim to`yga aytardi. Shuning uchun uni maqtab, duo qilib qo`yganmiz”,—deydi Dilfuza Ismoilova.
“Ahmadboyga pul bermaganman. Mashina bergandim. Mashinaga kuydim. Uyam bir inson. Beayb Parvardigor. Do`stga ham dushmanga ham aytadiganim, omadini bersin!”,—deb so`zlarini davom ettiradi xonanda.