Munisa Rizayeva Ahmadboyga pul bergani haqidagi mish-mishlarni rad etdi
So‘nggi kunlarda barchaning tilida shov-shuv bo‘layotgan Ahmadboy voqeasi unga ayrim san’atkorlar ham aloqador ekanligi haqida gap-so‘zlarni keltirib chiqardi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Ahmadboy vasvasasi” deb nomlangan ko‘rsatuv Milliy teleradiokompaniya efirlari orqali uzatilgach esa hatto o‘sha ayrim san’atkorlarning nomlari ham tilga olindi.
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasi orqali Ahmadboyga pul bergani haqidagi mish-mishlarni rad etdi:
“Bugun menga go‘yoki qandaydir Ahmadboy degan odamga pul berganim haqida ma’lumotlar yetib keldi! Men bunday odam borligi haqida endi eshitib turibman! Men hech kimga hech qanaqa pul bermaganman, ayniqsa foizga, menga ikki baravar qilib berishlari uchun! Bu juda katta gunoh ekanligini bilaman! Ollohga shukr hamma narsam yetarli! Shu sababli bunday ko‘zbo‘yamachi insonlarga quloq tutmasligingizni so‘rab qolaman!”