Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilfuza Ismoilova: “Ahmadboy bilan qarindosh edik”

Avvalroq, chinozlik Ahmad Tursunboyevning kirdikorlari fosh etilib, u tuzgan “moliyaviy piramida”ga nuqta qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Ahmadboyning noqununiy faoliyati to‘g‘risidagi “Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvi efirga uzatilgach, unda ko‘rsatilganlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali e’tiroz bildirib chiqqan edi.
 
O‘tgan haftada esa ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram messenjerida xonanda Dilfuza Ismoilovaning Ahmad Tursunboyev bilan birga suratga olingan videolari tarqaldi. Ushbu videolarda Ismoilovaning Tursunboyevni duo qilayotgani tasvirlangan.
 
“Baxtimizga boy otamiz sog‘ bo‘lsinlar, umrlari uzoq bo‘lsin. Ollohning o‘zi sizni  o‘z panohida asrasin. Boy otamizni yomon ko‘zlardan, yomon odamlardan xudo asrasin”, deb niyat qiladi Ismoilova.
 
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir Ismoilova ishtirokidagi bu videoni oddiy holatga yo‘ysa, yana boshqalar xonandani ham Ahmadboyga pul berganlar qatoriga qo‘shmoqda. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida xonanda Dilfuza Ismoilova bilan bog‘landik.
 
“Ahmadboy Tursunboyev qarindoshlarimizdan biri bo‘lgan. Siz aytayotgan videoda esa nomaqbul holat yo‘q. Men u kishinning xonadonidagi to‘yda ishtirok etganman. Bu video ana shu to‘yda olingan”, deydi Ismoilova.
 
Mazkur videoni ijtimoiy tarmoqlar orqali tomosha qilib, o‘z fikrini bildirayotganlarning ko‘pchiligi Dilfuza Ismoilovaning deyarli hamma to‘ylarda videolarga shu tarzda tushishi, to‘y egalarini, kuyov va kelinni videodagidek duo qilishi odatiy holligini aytishmoqda.
 
Ma’lumot o‘rnida,  Tursunboyev bir necha yillar davomida yiliga kamida 100 foizlik dividend to‘lash, ya’ni ikki barobar qilib qaytarishni va’da qilib, juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Bundan tashqari, “tadbirkor” yiliga 40 foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga qarz berib kelgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11870 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dilfuza Ismoilova, Ahmadboy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное