Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ahmadboy: «Pulning hammasi talon-toroj bo‘lib ketgan»…

Ijtimoiy tarmoqlarda Ahmadjon Tursunboyevga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqilayotgan sud zalidan olingan video tarqaldi. Unda A.Tursunboyev faoliyatiga aloqador ayrim jihatlarni ma’lum qilgan.

«Fuqarolardan olgan pullarni ferma va chorvani rivojlantirish uchun ishlatganman. Dehqonchilik qilganman, yiliga 50, 60, ba’zida 100 gektar yerda kartoshka ekardim. Mol boqardim. Tirikchilikni mana shunday ushlaganman. Fuqarolarning pulini «oborot» qilganman, shuning hisobidan vaqtida pullarni qaytarib, joy-joyiga qo‘yib berganman. Shu sababdan odamlar ko‘payib ketgan. Men odamlarni aldab, qiziqtirmaganman. Ularning o‘zi bir-birini olib kelardi. Qanday qilib men firibgar bo‘laman? Firibgarlik qilib birovning pulini olib chiqib ketdimmi yoki chet davlatga chiqib ketdimmi? Topgan daromadimni faqat fuqarolarga to‘laganman. Oyiga topgan 100-500 ming dollarni faqat fuqarolarga to‘laganman», – dedi Ahmadboy.

Shuningdek, u odamlar valyutani qanday olib kelgani haqida gapirgan.

«Bittasi keladi va 10 ming dollar beradi, 10 oydan keyin u 20 ming dollar olyapti. 20 ming pulini keyin 40 ming, so‘ng 80 ming qilib olyapti. Tagini olib qaraganda, bir fuqaro 200-300 ming dollar foyda qilyapti-da, 20-30 ming dollarga ariza yozyapti. Men 12 ming fuqaroga pul yetkazib bera olmayman. Menda pul ham yo‘q. Ertaga, bu fuqarolardan 4-5 mingga yaqin odam bizga foydaga kirib ketgan, o‘sha pullar qaytarilsa fuqarolarga pul yetadi. Agar men jinoyatchi bo‘lsam, fuqarolar kim unda? Ular menga pul berib, valyuta olib kelganmi? Valyutani asos qilib keltirib bera olmaydi-ku. Bizga daftarni bersin, hammasini asos qilib qo‘yib beramiz. Shuning uchun men xodimlardan ham, prokuratura vakillaridan, tergovchilardan, sudyalardan ham yordam so‘rayapman. Mening ilojim yo‘q, bu vaziyatdan chiqa olmayman. Bu hazilakam pul emas, mening qurbim ham yetmaydi. Bu 500 ming dollar, 1 mln dollar emas, bu 40 mln dollardan oshiq pul. Qani u pullar?» – deya ta’kidlab o‘tdi u.

Shu bilan birga, A.Tursunboyev pullar talon-toroj qilingani haqida aytgan.

«Nega meni o‘sha yopgan paytda tergovchilar – mana sening pullaring, mana sening tillang, mana sening moling, deb asos qilib qo‘yib bermadi? Sababi meni olib borib qamagan. Men qaerdan u pulni yetkazib beraman? Pulning hammasi talon-toroj bo‘lib ketgan-ku. Menda kirim bo‘lgan, foyda qilganman, yaxshi daromad bo‘lgan, shuning hisobidan odam ko‘paygan. Agar ozgina daromad bo‘lmasa, uni torta ham olmaysiz», – dedi Ahmadboy.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Sudlanuvchilar A. Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Bugunga kelib 170 dan ziyod jabrlanuvchilarning 90 dan ortig‘i so‘roq qilindi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3877 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ahmadboy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
kirov2003 faqat men aldamadim aldamadim odamlarni men majbur qilmadim deydi biron marta aytmaydiki sohta bank yasaganini odamlarni puliga qimmat qimmat moshina olganini kayf safo qilgani nega....
nega shunday demaydi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное