Xitoyning Xefey shahridagi fan va texnologiyalar universitetida yangi interaktiv robot yaratildi va u keng ommaga namoyish etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Szya Szya deb nomlangan android haqiqiy ayol kishiga juda o‘xshaydi. U so‘zlasha, harakatlana oladi. Uning mimikalari o‘ta tabiiy.
“Iltimos, meni juda yaqindan suratga olmanglar—bu yuzimni to‘la qilib ko‘rsatadi”,—dedi u jurnalistlarga qarata.
Robot yaratuvchilarining aytishicha, Szya Szya ustida uch yil davomida mehnat qilingan. Avvalgi avlod robotlari bilan uni taqqoslaydigan bo‘lsak, Szya Szyaning ko‘zlari ancha tabiiy va uning so‘zlari lab harakatlariga mos tushadi. Ma’lumot uchun, Yaponiyada ishlab chiqarilgan xuddi shunday robot filmda bosh qahramonni ijro etgan.